Янгиликлар
Kreditni muddatidan oldin to‘lasa nima bo‘ladi?
Kreditni muddatidan oldin to‘lasa nima bo‘ladi?
2006-yilgi “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 16-moddasiga ko‘ra iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi.
Shunday qilib agar kredit uch yilga olingan bo‘lsa-yu lekin bir uil ichida hammasi to‘lab yuborilsa qolgan ikki yil uchun foizlar hisoblanmaydi. Misol uchun agarda siz uch yilga yuz million so‘m kredit olgan bo‘lsangiz va uch yildan keyin bir yuz o‘ttiz millioz so‘m qilib qaytarishingiz kerak, lekin siz ushbu kreditni bir yil ichida bir yuz o‘n million so‘m qilib qaytarishingiz mumkin. Qolgan ikki yil uchun sizga foizlar hisoblanmaydi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li