Янгиликлар
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR MUROJAATLARINI KO‘RIB CHIQISHNING NAZARIY HUQUQIY ASOSLARI
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR MUROJAATLARINI KO‘RIB CHIQISHNING NAZARIY HUQUQIY ASOSLARI
Demokratik davlatlarning asosiy qonunlarida har kimning davlat organlariga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy institut sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonunchilik hujjatlarini har tomonlama rivojlantirishga, aholi murojaatlari bilan ishlashni alohida sohalar bo‘yicha tahlil qilishga va takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda jahon tajribasida asosiy yo‘nalishlar murojaatlar bilan ishlash jarayoniga professional mutaxassislarni jalb qilish, murojaat qiluvchilar bilan bevosita shug‘ullanuvchi hodimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlovchi mas’ullar malakasini oshirish va ularni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, manfaatdor shaxslar tomonidan o‘zlariga taalluqli murojaatlarning ko‘rib chiqilishi holatini har bir bosqichda muntazam kuzatib borish va natijalarini baholash imkoniyatlarini yaratish, axborat texnalogiyalarini ilg‘or natijalarini murojaatlar tizmiga joriy etish orqali samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yishdan iborat. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi konstitutsiya darajasida belgilangan bo‘lib, har bir shaxsning ushbu konstitutsiyaviy huquqni so‘zsiz amalga oshirishi uchun keyingi besh yil ichida zarur sharoitlar va huquqiy mexanizmlar yaratildi. Buning yaqqol namunasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan og‘zaki murojaatning shaxsiy, sayyor yoki ommaviy qabul, videokonferensaloqa vositasida, ishonch telefoni yoxud tezkor aloqa telefonlari orqali qilinadigan shakllari mavjud bo‘lib ularning barchasi murojaatlarni samarali amalga oshirishiga olib keladi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlarida og‘zaki murojaatlarning aniq shartlari, tartibini to‘liq belgilash, shu jumladan, “shaxsiy qabul”, “sayyor qabul”, “ommaviy qabul”, “ishonch telefoni”, “tezkor aloqa telefoni (call-markaz)” kabi shakillar ham mavjud.
Murojaat qilish huquqi insonning va fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklaridan biri va shuning uchun uni amalga oshirishni ta’minlash davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan huquqlarni ushbu organlarning ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmasligi murojaatlar bevosita ularga taalluqligidan kelib chiqadi. Ushbu huquq Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan: “Har kim bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart”
Qonunchiligimizda murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo‘lishi mumkin.
Ariza – huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy man- faatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.
Taklif – davlat va jamiyat faoliyatini takomillash- tirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat.
Shikoyat – buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.
Ohangaron tuman Adliya bo’limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonulti G‘. Abduraxmonov