Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Jamoat birlashmasi nima?


Jamoat birlashmasi nima?

 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 74-moddasiga ko‘ra ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi.

Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o‘zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.

Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (a’zolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonunning 1-moddasiga ko‘ra o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.

Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi.

 

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li