Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Hadya va xayr-ehson haqida nimalarni bilasiz?


Hadya va xayr-ehson haqida nimalarni bilasiz?

 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 502-moddasiga ko‘ra hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.

Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.

Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq ko‘rsatmasdan o‘zining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan vorislik to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 511-moddasiga ko‘ra umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi.

Xayr-ehson fuqarolarga, davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga, xayriya, ilmiy va o‘quv muassasalariga, fondlarga, muzeylar va boshqa madaniyat muassasalariga, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarga, shuningdek davlatga va boshqa fuqarolik huquqi subyektlariga qilinishi mumkin.

Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.

Xayr-ehson qiluvchi mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilganida bu mol-mulkdan ma’lum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qo‘yishi lozim, yuridik shaxslarga xayr-ehson qilganda esa bu shartni qo‘yishi mumkin. Bunday shart bo‘lmaganida mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilish oddiy hadya deb hisoblanadi, qolgan hollarda esa xayr-ehson qilingan mol-mulkdan hadya oluvchi uning vazifasiga muvofiq foydalanadi.

Aniq maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan xayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mulkdan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohida ro‘yxatini yuritishi lozim.

Agar xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi ko‘rsatgan maqsadda foydalanish vaziyat o‘zgarganligi tufayli mumkin bo‘lmay qolsa, mulkdan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan bo‘lsa yoki mulkni xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bo‘lsa –– sud qaroriga muvofiq foydalanish mumkin.

Xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi ko‘rsatgan maqsadga zid holda foydalanish xayr-ehson qiluvchiga, uning merosxo‘rlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga xayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi.

 

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li