Янгиликлар
Endilikda donalab sigaret sotish ta’qiqlandimi?
Endilikda donalab sigaret sotish ta’qiqlandimi?
O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun prezidentimiz tomonidan imzolandi. Ushbu qonun bilan alkogol va tamakining ishlab chiqarilishi va sotish bilan bog‘liq bir qator munosabatlarga cheklovlar kiritildi. Ushbu cheklovlardan biri endikikda donalab sigaret sotish ta’qiqlandi. Shuningdek, ushbu qonunning 21-moddasiga asosan alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining:
yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga;
yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan;
sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan;
elektron tijorat shaklida, shu jumladan har qanday yo‘l bilan oxirgi iste’molchilarga yetkazish yordamida (bundan ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar mustasno);
sayyor (qo‘lda, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida) savdo qilish yo‘li bilan;
metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (bundan boj olinmaydigan savdo do‘konlari mustasno) — tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;
eng kam ulgurji va chakana narxlardan past narxlarda — alkogol mahsulotlariga nisbatan (bundan pivo mustasno);
to‘liq polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan iste’mol idishida — alkogol mahsulotiga nisbatan (bundan pivo mustasno);
yorliqsiz, iflos (ichi yoki tashqarisi), yaqqol siniq belgilari bo‘lgan (bo‘g‘zi singan, yorilgan), tiqini buzilgan, umumiy ko‘rinishi xiralashgan, yot qo‘shimchalari, cho‘kmalari bo‘lgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan (bundan kolleksiya qilinadigan vino mahsulotlari mustasno);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilinishi taqiqlanadi
Ushbu tartib 2023- yilning 26-avgustidan boshlab kuchga kiradi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li