Янгиликлар
Axloq tuzatish ishlari deganda nimani tushunasiz?
Axloq tuzatish ishlari deganda nimani tushunasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 46-moddasiga ko‘ra axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li