Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Mehnat daftarchaci yoʻqolsa pensiga chiqish qanday boʻladi?


Mehnat daftarchaci yoʻqolsa pensiga chiqish qanday boʻladi?

Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun mehnat staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun:

- maʼlumotnomalar;

- buyruqlardan koʻchirmalar;

- shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar;

- mehnat shartnomalari;

- arxiv maʼlumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Shuningdek, mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud tartibida guvohlar koʻrsatmalariga asosan ham hisobga olinishi mumkin.

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi                   Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon    bosh yuriskonsulti                                         oʻgʻli