Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

BOSHLANGʻICH SINF RAXBARI YUQORI SINFGA HAM RAXBARLIK OLSA BOʻLADIMI?


BOSHLANGʻICH SINF RAXBARI YUQORI SINFGA HAM RAXBARLIK OLSA BOʻLADIMI?

2019-yilda tasdiqlangan taʼlim muassasasining sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomning 10 bandiga muvofiq, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadi.

Mazkur nizomning 10-bandiga muvofiq nafaqat boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, balki boshqa fan oʻqituvchilarining ham ikkita sinfga rahbarlik qilishi mumkin emas.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizomiga muvofiq, Umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va mehnatini soatbay asosda olib boruvchi oʻqituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi bunda boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, oʻqish va matematika fanlaridan dars oʻtadigan oʻqituvchilarga yuklatiladi;

Yani yuqoridagi nizomga muvofiq nafaqat boshlangʻich balki yuqori sinf oʻqituvchilariga ham ikkita sinfga rahbarlik qilish taqiqlanadi.

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

boshligʻi B.Joʻrayev