Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Tarix fanidan olingan malaka toifasi "Tarbiya" fani uchun ham amal qiladimi?


Tarix fanidan olingan malaka toifasi "Tarbiya" fani uchun ham amal qiladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 18-bandida pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida attestatsiyadan oʻtishi nazarda tutilgan.

     Avallari "Tarbiya" fani uchun istisno mavjud edi. Chunki, tarix, "Davlat va huquq asoslari", "Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari" fani oʻqituvchilarining malaka toifalari "Tarbiya" fani uchun ham tatbiq etilishi boʻyicha sobiq Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2020-yil 27-noyabrda 01-698-sonli xati ijro uchun masʼullarga yuborilgandi.

     Hozirgi kunga kelib esa Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining mazkur qoʻshma xati oʻz kuchni yoʻqotgan.

     2021-yil may oyidan boshlab “Tarbiya” fani boʻyicha ham malaka toifalar berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan. Shu sababli hozirgi kunda tarix fanidan olingan malaka toifasi "Tarbiya" fani uchun tatbiq qilinmaydi.

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

boshligʻi B.Joʻrayev