Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA BERILADI?


ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA BERILADI?

Ishdan mahrum boʻlgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi toʻlanadi.

Mahalliy mehnat organida roʻyxatga olingan paytdan boshlab oʻn kun ichida oʻzlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslarlarga nafaqa toʻlanmaydi.

Bunday shaxslar taklif qilingan ishni rad etgan paytdan boshlab oʻttiz kalendar kun oʻtgandan keyingina ishsiz sifatida takroran roʻyxatga olinish huquqiga egadir.

Quyidagilar maqbul keladigan ish hisoblanmaydi, agar:

ish yashash joyini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlsa;

ish yashash joyidan ancha uzoq boʻlsa va transportda qatnash jihatdan qulay boʻlmasa;

taklif etilgan ishni rad etish ishsiz shaxsning sogʻligʻi holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga koʻra mavjud moneliklarga asoslangan boʻlsa.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.

Qaramogʻida uchtagacha kishi boʻlgan, oʻttiz besh yoshga toʻlmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.

Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kechi bilan oʻn birinchi kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ishsizlik nafaqasi koʻpi bilan:

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga oʻn ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;

ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa oʻn uch kalendar hafta mobaynida toʻlanadi.

Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yoʻllanma olish uchun murojaat qilishi shart.

Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi oʻrtacha ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.

Qaramogʻida oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari va boshqa kishilar boʻlgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori oʻn foizga oshiriladi.

Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga oldingi ish joyidagi oʻrtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz boʻlmagan va nafaqani hisoblash paytida Oʻzbekiston Respublikasida tarkib topgan oʻrtacha ish haqidan ortiq boʻlmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi toʻlash kafolatlanadi

Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining kamida 26,5 foizi miqdorida nafaqa toʻlash kafolatlanadi.

Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizidan 35,2 foizigacha boʻlgan miqdorda toʻlanadi.

Ishsizlik nafaqasini toʻlashning belgilangan muddati oʻtishi munosabati bilan ishsizlik nafaqasini olish huquqidan mahrum boʻlgan ishsiz fuqarolarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan yoki mahalliy byudjetlardan ajratiladigan moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin.

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

boshligʻi B.Joʻrayev