Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

HOMILADOR XODIM BILAN TUZILGAN MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILSA BOʻLADIMI?


HOMILADOR XODIM BILAN TUZILGAN MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILSA BOʻLADIMI?

Amaldagi Mehnat kodeksining 408-moddasiga asosan, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.

     Ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi ayolning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar, unga homiladorlik va tugʻish taʼtili berilgan taqdirda esa bunday taʼtilning oxiriga qadar uzaytirishi shart.

     Mehnat shartnomasi homiladorlikning oxiriga qadar uzaytirilgan ayol, ish beruvchining soʻroviga binoan, lekin uch oyda koʻpi bilan bir marta homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etishi shart. Agar bunda ayol homiladorlik tugaganidan keyin haqiqatda ishlashni davom ettirsa, ish beruvchi homiladorlikning tugaganligi faktini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan eʼtiboran bir hafta ichida mehnat shartnomasini uning muddati tugaganligi sababli bekor qilishga haqli.

     Ayol bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddati tugaganligi munosabati bilan ushbu shartnomani uning homiladorligi davrida bekor qilishga, agar mehnat shartnomasi yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqtiga tuzilgan boʻlsa va homiladorlik tugaguniga qadar ayolni ish beruvchida uning sogʻligʻi holati inobatga olingan holda bajara oladigan boshqa ishga ayolning yozma roziligi bilan oʻtkazish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.

    Homilador ayol bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ayolning Mehnat kodeksi 404-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan davr uchun homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi.

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi               Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon    bosh yuriskonsulti                                         oʻgʻli