Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi kimlarga beriladi?


Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi kimlarga beriladi?

     Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila aʼzolariga yoki xodim vafot etgan kunda marhumning qaramogʻida boʻlgan shaxsga beriladi. Ish haqi ish beruvchiga tegishli ariza, xodimning vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi berilgan hamda uning asl nusxasi taqdim etilgan kundan eʼtiboran yetti kundan kechiktirmay toʻlanadi.

      Ish haqi natura (moddiy) shaklida berilishi mumkinmi?

     Mehnatga natura shaklida haq toʻlash taqiqlanadi, biroq Hukumat qarorida istisno boʻladigan holatlar nazarda tutilishi mumkin.

      Oʻrtacha ish haqi qanday hisoblab chiqiladi?

     Barcha hollar uchun oʻrtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi oʻn ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim oʻn ikki oydan kam ishlagan boʻlsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda tegishli oyning 1-kunidan 30 (31)-kuniga qadar (fevralda — 28 (29)-kunga qadar) boʻlgan davr oxirgi kunni ham qoʻshganda kalendar oy deb hisoblanadi.

     Toʻliqsiz ish vaqtida mehnatga haq toʻlash qanday boʻladi?

     Toʻliqsiz ish vaqtida (toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, toʻliqsiz ish kunining va toʻliqsiz ish haftasining qoʻshilishi) ishlaydigan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash ishlab berilgan vaqtiga mos ravishda yoki haqiqatda ishlab chiqargan mahsulotiga qarab amalga oshiriladi.

Ohangaron tuman Adliya boʻlimi

Bosh maslahatchisi                                                            L.Numonov