Янгиликлар
. Oʻqituvchining oyligidan nohaq ushlab qolinganda qayerga murojaat qilish kerak?
Oʻqituvchining oyligidan nohaq ushlab qolinganda qayerga murojaat qilish kerak?
Bu holatda tuman adliya boʻlimiga yoki tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz lozim.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 269-moddasi birinchi qismida umumiy qoidaga koʻra xodimning yozma roziligi bilan ushlab qolinishi mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, ushbu normaning (MK 269-m) ikkinchi qismida ish beruvchining xodimning roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish asoslari qayd etilgan. Unga koʻra ish beruvchi quyidagi holatlarda xodimning roziligisiz ish haqidan ushlab qolishga haqli:
1) soliqlar va yigʻimlarni undirish uchun;
2) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun
3) ish haqi hisobiga berilgan boʻnakni ushlab qolish uchun, boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganligi munosabati bilan xoʻjalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va oʻz vaqtida qaytarilmagan boʻnakni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar oqibatida ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarib olish uchun.
Bunday hollarda ish beruvchi boʻnakni qaytarish, qarzdorlikni toʻlash uchun belgilangan muddat tamom boʻlgan kundan yoki toʻlov notoʻgʻri hisoblab chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ushlab qolish haqida buyruq chiqarishga haqli. Agar bu muddat oʻtib ketgan boʻlsa yoki xodim boʻnakni toʻlash uchun ushlab qolish asoslariga yoxud miqdoriga eʼtiroz bildirayotgan boʻlsa, qarzni toʻlash sud tartibida amalga oshiriladi;
4) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan oshmasa;
5) ushbu Kodeks 312-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan jarimani undirish uchun;
6) xodim qaysi ish yili hisobiga taʼtil olib boʻlgan boʻlsa, oʻsha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda taʼtilning ishlab berilmagan kunlari uchun. Bundan boshqa holatlarda ish haqidan faqat sudning qarori asosidagina ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladi.
Sizdagi holatda ham yuqoridagilardan birortasi mavjud boʻlmasa, unda direktor oʻrinbosarining harakatlari ustidan yuqoridagi organlarga murojaat qilishingiz lozim.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli