Янгиликлар
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish asoslari
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish asoslari
"Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qonunning 30-moddasiga koʻra yer uchastkalariga boʻlgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga boʻlgan huquq turi koʻrsatilmagan boʻlsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:
- yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xoʻjaliklarini hamda jamoa bogʻdorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
- binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
- qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli