Янгиликлар
O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi qanday
O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi qanday
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish huquqiga ega.
Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat1 qiladi.
Maktab direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan taqdirda, maktab direktori o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.
Sinfdan sinfga o‘tkazish rad etilganligi haqida maktab direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Maktab direktorining o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.
Ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ariza maktab direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.
. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta’lim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini beradi.
O‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida yoki maktab o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, uch kun muddatda sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 2 iyundagi buyrug’i bilan tasdiqlangan O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ohangaron tuman Adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
boshlig’i: A. Sa’dullayev