Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Dual ta’lim nima


                                             Dual ta’lim nima

 

dual ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami;

Dual ta’limni joriy etish bo‘yicha tashkilot va professional ta’lim muassasasi o‘rtasida, o‘quvchi va tashkilot o‘rtasida rasmiylashtiriladigan shartnomalarning namunasi vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Tashkilotga bir yoki bir nechta professional ta’lim muassasasi bilan va professional ta’lim muassasasiga ham bir yoki bir nechta tashkilot bilan shartnomalar rasmiylashtirishiga ruxsat beriladi.

Tashkilot bilan o‘quvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi o‘quvchi yoki tashkilot tomonidan taqdim etilgan taqdirda, professional ta’lim muassasasi o‘quvchini o‘quvchilar safiga qabul qiladi.

Tashkilotning tegishli buyrug‘i asosida dual ta’lim bo‘yicha o‘quvchi(lar)ga tashkilotning tajribali xodimlaridan ustoz biriktiriladi. O‘quvchiga dual ta’lim jarayonida tashkilotdagi mehnat faoliyati uchun tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi to‘lanadi.

Dual ta’limni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari” to’g’risidagi 163-sonli qarori bilan tasdiqlangan Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizom asosida tartibga solinadi.

 

Ohangaron tuman Adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig’i:                                                                                       A. Sadullayev