Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirmalar qoʻllash tartibi yanada takomillashtirildi


Qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirmalar qoʻllash tartibi yanada takomillashtirildi



Prezident Qarori (PQ-85-son, 24.02.2024-y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar kiritildi
“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi:
Qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilindi, xususan:
30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – foiz hisoblamaslik;
31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi.
 Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga quyidagi mazmundagi qoʻshimchalar kiritildi:
 Qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qoʻllagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qoʻyiladigan mezonlarni belgilashda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi:
yaratilgan ish oʻrinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish;
yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi;
tadbirkorlik subyektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega boʻlishi.

 

 

Piskent tuman yuridik xizmat koʻrsatish                                  J.Mavlonov

markazi bosh yuriskonsulti