Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish mumkin


Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish mumkin

 

Prezident imzolagan Qonun (OʻRQ-910-son, 20.02.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

 Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.

 Shuningdek “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilindi.

 

Piskent tuman yuridik xizmat koʻrsatish                                  J.Mavlonov

markazi bosh yuriskonsulti