Янгиликлар
Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar
Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qoʻshimcha qabul kvotasi ajratiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat koʻrsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi.
Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul koʻrsatiladi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli roʻyxatga kiritilgan.
Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish huquqiga ega.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
Mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.
Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda koʻchiriladi.
Nogironligi boʻlgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln soʻmgacha) subsidiya ajratiladi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadi.
Byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi boʻlgan bolalar toʻlovdan ozod etiladi.
Bolalikdan nogiron boʻlganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming soʻm) miqdoridagi mablagʻlari daromad soligʻiga tortilmaydi.
Piskent tuman yuridik xizmat koʻrsatish J.Mavlonov
markazi bosh yuriskonsulti