Янгиликлар
Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari
Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari
Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qayerda turganligi maʼlum boʻlgan taqdirda, uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi.
Fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin u har qanday shaxsdan bu shaxsga bepul oʻtib qolgan mavjud mol-mulkini oʻziga qaytarib berishni uch yil mobaynida sud orqali talab qilishga haqli.
Agar vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning mol-mulki uning vorislari tomonidan uchinchi shaxslarga sotilgan boʻlib, bu shaxslar xarid narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha batamom toʻlamagan boʻlsalar, bu holda toʻlanmagan summani talab qilish huquqi qaytib kelgan fuqaroga oʻtadi.
Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq toʻlashni nazarda tutadigan bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning tirikligini bila turib sotib olganliklari isbotlansa, ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart. Bunday mol-mulkni asli holida qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, uning qiymati toʻlanadi.
Agar vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning mol-mulki meros huquqi boʻyicha davlatga oʻtgan va sotib yuborilgan boʻlsa, fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin unga mol-mulkni sotishdan tushgan pul qaytarib beriladi.
Piskent tumani Adliya boʻlimi YUXKM bosh yuriskonsulti R.Mavlanov