Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yuridik shaxslarning turlari


Yuridik shaxslarning turlari

Foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi boʻlmagan tashkilot) yuridik shaxs boʻlishi mumkin.

Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxs xoʻjalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.

Tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy taʼminlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.

Tijoratchi boʻlmagan tashkilot oʻzining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.

Yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin.

 

 

Piskent tumani Adliya boʻlimi                                                    YUXKM bosh yuriskonsulti                                              R.Mavlanov