Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati


Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati

Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir.

Fuqarolarning yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan, agar qonunchilikdan yoki huquqiy munosabat mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, ushbu Kodeksning qoidalari qoʻllaniladi.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish talablarini buzgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida oʻzining tadbirkor emasligini vaj qilib koʻrsatishga haqli emas. Sud bunday bitimlarga ushbu Kodeksning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq majburiyatlar toʻgʻrisidagi qoidalarini qoʻllashi mumkin.

 

Piskent tumani Adliya boʻlimi                                                    YUXKM bosh yuriskonsulti                                              R.Mavlanov