Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi


       Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor   maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi

 

Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa, belgilangan tartibda sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

 

 

Piskent tumani Adliya boʻlimi                                                    YUXKM bosh yuriskonsulti                                              R.Mavlanov