Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligi yanada oshiriladi


Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligi yanada oshiriladi



Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-919-son, 13.04.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi

 Unga koʻra, oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha);
 
mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 800 ming soʻmdan 8 mln 500 ming soʻmdan).

Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sogʻligʻiga zarar yetishi yoxud oʻzganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yoʻq qilinishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda yongʻin sodir boʻlganda mazkur shaxs yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

 

 

Piskent tuman yuridik xizmat koʻrsatish                                  J.Mavlonov

markazi bosh yuriskonsulti