Янгиликлар
Tovarni topshirish majburiyatini bajarish muddati
Tovarni topshirish majburiyatini bajarish muddati
Sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyatini bajarish muddati oldi-sotdi shartnomasida belgilanadi, agar shartnoma bu muddatni aniqlash imkonini bermasa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning
242-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
Belgilangan muddat buzilgan taqdirda sotib oluvchida shartnomaning bajarilishiga qiziqish yo‘qolishi shartnomadan aniq bilinib tursa, oldi-sotdi shartnomasi uni qat’iy belgilangan muddatda bajarish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Sotuvchi bunday shartnomani unda belgilangan muddatdan oldin yoki bu muddat tugagandan so‘ng sotib oluvchining roziligisiz bajarishga haqli emas.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i M.F. Urazbayev