Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-114-son, 04.03.2024-y.) qabul qilindi


“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-114-son, 04.03.2024-y.) qabul qilindi
 
 Qarorga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:

rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlari Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;

 BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni toʻliq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar koʻriladi.

Bunda:

rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi;

BMT tomonidan maʼqullangan qoʻllanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qoʻllanmasi ishlab chiqiladi;

milliy statistika tizimini global baholashdan oʻtkazish tashkil etiladi va natijalari eʼlon qilinadi.

 2025-yil 1-yanvardan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari jalb etiladi.

 2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.

 

 

Piskent tuman yuridik xizmat koʻrsatish                                  J.Mavlonov

markazi bosh yuriskonsulti