Янгиликлар
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Yuridik shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi maʼlumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritiladi.
Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qoʻyilgan tartibini buzish yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga sabab boʻladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishning xabardor qilish tartibi belgilangan yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs qonunda belgilangan hollardagina qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Piskent tumani adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Mavlanov R.A.