Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxsning burchlari


Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxsning burchlari

Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga darhol yozma xabar berishlari kerak, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxs tugatish jarayonida ekanligi haqidagi maʼlumotlarni yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritib qoʻyadi.

Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaxsni tayinlaydilar hamda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq tugatish tartibi va muddatini belgilaydilar. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

Tugatuvchi tayinlangan paytdan boshlab yuridik shaxsning ishlarini boshqarish boʻyicha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda ishtirok etadi.

 

Piskent tumani adliya boʻlimi                                                                      Yuridik xizmat koʻrsatish markazi                                                                  bosh yuriskonsulti                                                        Mavlanov R.A.