Янгиликлар
Masʼuliyati cheklangan jamiyat
Masʼuliyati cheklangan jamiyat
Masʼuliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan jamiyat tan olinadi. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “masʼuliyati cheklangan” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning huquqiy mavqei, uning ishtirokchilarining huquq va burchlari Fuqarolik Kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Piskent tumani adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Mavlanov R.A.