Янгиликлар
Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat
Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi taʼsis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan jamiyat qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha oʻz mol-mulklari bilan qoʻshgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil boʻlgan, jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar. Ishtirokchilardan biri toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganida uning jamiyat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi, agar jamiyatning taʼsis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqa ishtirokchilar oʻrtasida ularning qoʻshgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Piskent tumani adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Mavlanov R.A.