Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ishlab chiqarish kooperativlari


                       Ishlab chiqarish kooperativlari

Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda aʼzolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qoʻshiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik faoliyatini olib borish uchun aʼzolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining taʼsis hujjatlarida uning faoliyatida aʼzolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.

Ishlab chiqarish kooperativining aʼzolari kooperativning majburiyatlari boʻyicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.

Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi” degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.

Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqei va ular aʼzolarining huquq hamda burchlari Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

Piskent tumani adliya boʻlimi                                                                      Yuridik xizmat koʻrsatish markazi                                                                  bosh yuriskonsulti                                                        Mavlanov R.A.