Янгиликлар
Unitar korxona
Unitar korxona
Oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki boʻlinmasdir va u qoʻshilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʻyicha, shu jumladan korxona xodimlari oʻrtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir.
Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Unitar korxona rahbari, shuningdek agar bu korxonaning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, kuzatuv kengashi uning boshqaruv organidir. Unitar korxonaning rahbari va kuzatuv kengashi mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.
Unitar korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Unitar korxona oʻz mol-mulki egasining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
Unitar korxona oʻz mulkida oʻz mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega boʻlishga haqli emas. Byelgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻz mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xoʻjalik jamiyati (shirkati) ishtirokchilari umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.
Unitar korxonalarning huquqiy mavqei qonunchilik bilan belgilanadi.
Piskent tumani adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Mavlanov R.A.