Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi


Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi

 

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq davlat mulki boʻlgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin.

Davlat korxonasining taʼsis hujjati uning ustavidir.

Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini koʻrsatishi kerak.

Davlat korxonasining oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq belgilanadi.

Davlat korxonasining mol-mulki yetarli boʻlmaganida davlat uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.

Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

 

Piskent tumani adliya boʻlimi                                                                      Yuridik xizmat koʻrsatish markazi                                                                  bosh yuriskonsulti                                                        Mavlanov R.A.