Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi


Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi

Mamlakatimizda keksalarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda.

Jumladan, pensiya tayinlash tartib-taomillari soddalashtirilib, raqamlashtirilib va ortiqcha byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilib kelinmoqda, pensiya taʼminoti tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati tubdan yaxshilanmoqda, shuningdek keksalarni va imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni ijtimoiy adolat prinsiplaridan kelib chiqqan holda yanada kuchaytirish, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlash, moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga fuqarolarga pensiya tayinlashda inson omilini kamaytirish, keksalarga, nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish, shuningdek mazkur sohada ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish dasturlarining samaradorligini “Inson qadri uchun” prinsipi asosida qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda.

Buning natijasida, joriy yilning 18-mart kunida muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonuni qabul qilinib, ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

Masalan: Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunga ijarachining nogiron boʻlib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos boʻlishini bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini toʻlash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirilib, fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlari darajasidan oz boʻlmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining oʻsish surʼatlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.

Shu bilan birga “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga fuqaroda davlat pensiya taʼminoti huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan maʼlumotlar fuqaroning pensiya toʻlovlarini olishi uchun asos boʻlishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              N. Anarqulova