Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Jazo liberallashtirildi.


Jazo liberallashtirildi.

 

Mamlakatimizning Yangi Oʻzbekiston sifatida dunyoda eʼtirof etilayotgani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo boʻlgani nafaqat yurtimiz, balki dunyo miqyosida ham katta tarixiy voqea sifatida eʼtirof etilishi bejizga emas.

Sud-huquq sohasida erishilayotgan salmoqli natijalar ham inson huquqlari sohasidagi    muhim omillardan biri boʻlib, odil sudlovga erishish, sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash, shu jumladan, jazolarni liberallashtirish sohasidagi tizimli islohotlar hamda mamlakatimizda inson huquqlari himoyasining kafolatlarini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida joriy yilning 15-mart kunida Prezidentimiz tomonidan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun qabul qilinib, jazolar liberallashtirildi.

Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga quyidagi qoʻshimchalar kiritildi:

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 6 mln 800 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz ixtiyori bilan topshirsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilandi.

Ilgari bu norma mavjud emas edi.

Bugungi kunda, fuqarolarimizga sud binosiga kelib yurmasdan, onlayn tartibda murojaat qilish, oʻz arizalarini koʻrib chiqish jarayonini masofadan turib kuzatib borish imkoniyati yaratilishi, jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qoʻllash borasidagi ishlar izchil davom ettirilib kelinmoqda.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                N. Anarqulova