Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xotin qizlar-tadbirkor!


Xotin qizlar-tadbirkor!

 

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 2020-yil 14-oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-4862-sonli qarori qabul qilinib, ijroga qaratilgan.

         Mazkur qarorga asosan, 2020-yil 15-noyabrdan boshlab yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida: Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan maʼqullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar (keyingi oʻrinlarda — professional taʼlim muassasalari), Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Bugungi kunda Mamlakatimizda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish oldimizga qoʻygan maqsadimizdir.

Shu tufayli, Bosh vazir oʻrinbosari rahbarligida bir oy muddatda 2024-2025-yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilishi, Kredit ajratishda ustuvorlik “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarga berilishi hamda Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya tomonidan 2024-2025-yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi tasdiqlanishi belgilab olindi.  

Umuman olganda, Nafosat va goʻzallik timsoli boʻlgan nozik xilqat egalari-oʻz haq-huquqlaringizni anglab yashagan holda, doimo yurtimizning aziz va mukarrama ayollari boʻlib yurishingizga tilakdoshmiz.  

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                         N. Anarqulova