Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar.


Xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, mart oyi “Xotin-qizlar huquqlari” oyligi deb eʼlon qilindi. Oylik doirasida Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha maʼlumotlarni Ommaviy Axborot Vositalari (OAV) orqali keng yoritish belgilanganligi saababli Xotin-qizlar huquqlari yuzasidan toʻxtalib oʻtamiz.

Ayol - millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlari eʼzozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon boʻladi. Ayol mehnati bilan jamiyat toʻlaqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shuning uchun mamlakatimizda xotin-qizlarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatilib, ularning ogʻirini yengil qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

         Shu tufayli, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun berilgan imtiyozlarga toʻxtalsak;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5-mart 2021-yildagi PQ-5020-sonli “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha kreditlar ajratilishi va kreditlar bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha hamda chorvachilik uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan xokim yordamchisi tavsiyasiga asosan berilishi belgilangan.

         Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalariga kirishda davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun bir yilga tavsiyanoma berilishi belgilangan.

         Bugungi kunda, muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilishda ayollarimiz huquqlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

        

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      N.Anarqulova