Янгиликлар
Kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish to‘g‘risda
Kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish) 163/1-moddasida:- Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqa ob’ektlarni, shuningdek yer uchastkalarini kanalizatsiya tarmoqlariga (oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga) o‘zboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan kanalizatsiya tarmoqlariga (oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga) ulash, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.