Янгиликлар
Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish to‘g‘risda
Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish) 171-moddasida:- Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko‘zlamay turib vaqtida yoxud to‘liq o‘tkazilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Valyuta tushumining bir qismini qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo‘yin tovlash —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.