Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish) 171/1-moddasida:- Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab bo‘lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.