Янгиликлар
Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish to‘g‘risda
Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish) 175/2-moddasida:- Moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini buzish uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Uncha ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor tushuniladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.