Янгиликлар
Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risda
Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati) 176-moddasida:- Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’ektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.