Янгиликлар
Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish to‘g‘risda
Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish) 176/4-moddasida:- Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarish, —transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan to‘liq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yo‘lovchilarni tashish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.