Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish to‘g‘risda


Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish to‘g‘risda

 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 178/1-moddasida:- Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z muddatida bajarmaganlik —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.