Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi to‘g‘risda
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi) 185/3-moddasida:- Tig‘ining yoki keskichining (damining) uzunligi to‘qson millimetrdan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud og‘irlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda o‘rnashadigan tig‘li sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qo‘llash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi ta’sirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, —mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.