Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganlik to‘g‘risda


Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganlik to‘g‘risda

 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganlik) 234-moddasida:- Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining mansabdor shaxslari nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, nogironlik guruhidan qat’i nazar, mudofaa ishlari organlariga xabar qilmaganligi, —bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish idoralari mansabdor shaxslarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning familiyasi, ismi, otasining ismidagi o‘zgarishlarga oid, ularning tug‘ilgan sanasi va joyi to‘g‘risida fuqarolik holati aktlarini yozish daftariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi, shuningdek chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning vafotini qayd etish hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganligi —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.