Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish to‘g‘risda


Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish to‘g‘risda

 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish) 235-moddasida:- Fuqarolarning mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan o‘tish uchun chaqiruv bo‘yicha uzrli sabablarsiz kelmaganligi

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini buzishi, shuningdek chaqiruv bo‘yicha mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi yoki turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qaerda harbiy hisobda turgan bo‘lsa, shu organga o‘z vaqtida ma’lum qilmasligi —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.