Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etganlar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi


Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etganlar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilangan:

— tijorat banklari kreditlarining garov taʼminoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kafilligi asosida taʼminlanadi;

— tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

 

Oqil Rahimov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi