Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Er va xotin ish haqi yoki daromadga ega boʻlmagan taqdirda ham umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqli hisoblanadi


Er va xotin ish haqi yoki daromadga ega boʻlmagan taqdirda ham umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqli hisoblanadi

 

Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksining 22-moddasiga koʻra, er va xotindan biri uy-roʻzgʻor ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega boʻladi.

Shuningdek, qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablagʻi hisobiga olingan boʻlsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.

 

Otabek Qalandarov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi shoʻba boshligʻi