Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ayrim shaxslarga aliment undirish haqidagi ishlarda davlat xisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi


Ayrim shaxslarga aliment undirish haqidagi ishlarda davlat xisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslarga fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga taalluqli boʻlgan quyidagilar haqidagi ishlar boʻyicha davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilishi belgilangan.

—   ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash toʻgʻrisidagi;

—   ishga tiklash haqidagi;

—   ish haqini undirish toʻgʻrisidagi;

—   alimentlarni undirish haqidagi;

— uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va koʻchirish toʻgʻrisidagi;

— mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi.

 

Shohjahon Azizboyev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi